Novatorlar va tadbirkorlar uchun mukofot fondi 100 000 funt sterling boʻlgan tanlov

Coins Grand Challenge – atrof-muhitni yaxshilash bo‘yicha g‘oyalarga ega tadbirkorlar, innovatorlar va yetakchilar uchun global tanlovdir.

Tanlov sanoatning jamiyatga ijobiy hissa qo‘shishi uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida yangi g‘oyalar va innovatsion yechimlarni topishga qaratilgan.

COINS investitsion mukofotlar:

  • Ochiq tanlov g’olibi: 5 000 funt sterling
  • ochiq tanlovda ikkinchi o’rin: 2 000 funt sterling
  • bakalavrlar tanlovi g’olibi: 2 500 funt sterling
  • bakalavrlar tanlovida ikkinchi o‘rin: 1 000 funt sterling.

COINS dasturiy taʼminot sohasida innovatsiyalar uchun mukofoti: pullik COINS amaliyot yoki mahalliy ekvivalenti.

Shuningdek, quyidagi sovrinlar ham bor:

  • ta’lim grantlari
  • toʻlovli stajirovkalar
  • soha yetakchilari va ilmiy rahbarlarning murabbiyligi

Gʻoliblarning finalda qatnashish uchun yo‘l xarajatlari to‘lab beriladi (oktabr, AQSH).

Ariza topshirishning oxirgi muddati 20-iyun, 2022-yil
Batafsil ma’lumot: https://www.coins-grandchallenge.com/