Nobel mukofoti laureati Dmitriy Muratov bilan suhbat

Onlayn-intervyuda ishtirok eting va Sizni qiziqtirgan savollarga javob oling.

Bugun GIJN barchani 2021-yil Nobel mukofoti laureati Dmitriy Muratov bilan onlayn-intervyuda ishtirok etishga taklif etadi.

Dmitriy Muratov – «Novaya gazeta» mustaqil nashriyoti bosh muharriri, aksariyat OAVlar yopilishga majbur boʻlgan yoki faoliyati doirasida ularning nashriyotlari turli qonuniy va noqonuniy risklarga duch kelgan bir paytda korrupsiyaga oid jinoyatlar, inson huquqlari buzilishi, saylov natijalarini soxtalashtirish, militsiya tomonidan zoʻravonlik va mamlakatdagi boshqa turdagi mansabni suiisteʼmol qilish holatlari boʻyicha tergovlari bilan tanilgan.

Nobel mukofoti laureati bilan suhbat GIJN direktori Devid Kaplan va direktor oʻrinbosari Gabriela Manuli boshchiligida olib boriladi.

Suhbat 1 soat davom etadi, tomoshabinlar savollar berishi uchun vaqt ajratiladi. Boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan 19:00da, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Ishtirok etish uchun bu yerda roʻyxatdan oʻtish lozim.