Namanganda xalqaro universitet tashkil etiladi

Namanganda Pokistonning Lahor universiteti bilan hamkorlikda xalqaro universitet tashkil etiladi.

Universitet Yangi Namangan tumanidagi 2-tibbiyot kolleji va sobiq Diagnostika markazida joylashadi, loyihaga 10 million dollar investitsiya kiritiladi.

Universitetda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha fakultetlar tashkil etish rejalashtirilgan:

  • Tibbiyot
  • Stomatologiya
    -Farmatsevtika
  • IT (axborot texnologiyalari)
  • Xalqaro huquq
  • Biznes

Qabul joriy yilda oʻtkaziladi. 2022–2023-o‘quv yilida loyihda 500 nafar talabani qabul qilish, 2024-yilda esa ularning sonini ikki barobarga oshirish rejalashtirilmoqda.