Namangan davlat chet tillar instituti Italiya universiteti bilan shartnoma imzoladi

Institut rahbariyati Italiyaning Sannio universitetida bo‘lib, ikki oliygoh o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, institutda Italyan tilini ikkinchi til sifatida о‘qitishni boshlash yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv yakunida Namangan davlat chet tillari instituti va Sannio universiteti o‘rtasida shartnoma imzolandi.