my.dtm.uz saytining mobil ilovasi ishlab chiqildi

Mazkur mobil ilova orqali oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish va Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinayotgan yangiliklar bilan tanishib borish mumkin.

Mobil ilova “Android” operatsion tizimida ishlovchi telefonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, undan 3 xil tilda — o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida foydalanish imkoniyati mavjud.

Mobil ilova “Google Play” paltformasiga joylashtirilgan bo‘lib, quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://play.google.com/store/apps/details?id=www.my_dtm.uz