Forum 15 oktyabr kuni bo’lib o’tadi. Unda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston yoshlar tashkilotlari, Markaziy Osiyo elchixonalari vakillari, shuningdek Gorchakov nomidagi jamoat diplomatiyasini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi ishtirok etadi.
Forumda migratsiya, yoshlar siyosati muhokama qilinadi, shuningdek, ommaviy diplomatiya bo’yicha ma’ruzalar o’tkaziladi.
Tadbir bu yil o’zbek tilini o’rganish markazi ochilgan Moskva davlat tilshunoslik universiteti hududida bo’lib o’tadi. Aytgancha, markazga ekskursiya forum dasturining bir qismiga aylanadi, deb xabar beradi muxbir.