«Mirzo Ulugʻbek vorislari» tanlovi dav etmoqda

«Mirzo Ulugʻbek izdoshlari» Respublika tanlovi uchun arizalar qabuli 28-fevralgacha davom etadi.

Ushbu tanlov mamlakatimizda iqtidorli yoshlar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy-texnikaviy faoliyatga keng jalb etish, bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Talablar:

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov 3 bosqichda oʻtkaziladi:

 • 1-mart soat 09:00da www.vorislar.uz sayti yoki @vorislar_tanlovi_bot Telegram-botida IQ testi boshlanadi. Har bir ishtirokchiga 25 ta test savoli beriladi, har bir to‘g‘ri javob uchun 8 balldan qo‘yiladi. 110 balldan baland to‘plagan ishtirokchi tanlovda qatnashish uchun yo‘llanma oladi.

 • Aprel oyida tanlangan ishtirokchilar oʻz loyihalarini sayt orqali yuklashlari kerak. Taqdimot 6 ta slayddan iborat boʻlishi va 10 MBdan oshmasligi kerak. Shundan so‘ng, ishtirokchi o‘z loyihasini www.vorislar.uz sayti yoki @vorislar_tanlovi_bot Telegram boti orqali yuklashi mumkin.

 • May oyida eng yuqori ball va eng yaxshi natijalarga erishgan ishtirokchilar g‘olib deb e’lon qilinadi.

G‘oliblarga pul mukofotlari va shaxsiy diplom topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, tanlovga taqdim etilgan loyiha yoki g‘oya ilmiy va innovatsion xususiyatga ega bo‘lishi kerak.