10 fevral kuni O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi Qozon federal universitetining filialiga tashrif buyurdi.
Ushbu universitet Rossiyadagi eng qadimgi oliy o’quv yurtlaridan biri bo’lib, ko’plab ta’lim yo’nalishlarini qamrab oladi. Uning Jizzax filiali o’tgan yili ochilgan va hozirda 325 nafar talaba tahsil olmoqda. Umuman olganda, muassasa 1 ming 88 talabaga mo’ljallangan.
Bu erda tibbiyot, stomatologiya, farmaseftika, tibbiy biokimyo, jurnalistika, iqtisodiyot, geologiya, tilshunoslik, dasturiy ta’minot muhandisligi, axborot tizimlari va texnologiyalari, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish kabi 11 yo’nalish bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Davlatimiz rahbari institutga qo’shimcha bino ajratish va uning moddiy-texnik imkoniyatlarini kengaytirish bo’yicha ko’rsatma berdi.