Milliy sertifikat uchun test sinovlari sanasi aniq bo’ldi

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 2023-yil 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Bunda test sinovlari o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan o‘tkazilib, 10:00 da boshlanadi.

Test sinovida talabgorlarga 45 ta topshiriq va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat vaqt beriladi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 23-yanvar kunidan boshlab http://my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.