Milliy kutubxona hamda Plexanov nomidagi RIU Toshkent filiali hamkorlik memorandumini imzoladi

2022-yil 18-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda G.V.Plexanov nomidagi RIU Toshkent filiali oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tadbirda Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali direktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisod fanlari doktori, professor Qalandar Abdurahmonov va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyevalar so‘zga chiqdi.

Memorandum ta’lim, ilm-fan sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, tomonlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tadqiqot materiallarini raqamlashtirish va til biriktiruvchi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash kabi muhim masalalar bo‘yicha ikkala kutubxona fondidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida imzolandi.

Tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining yetakchi ilmiy ma’lumotlar bazalarida mahalliy olimlar tomonidan chop etilayotgan maqolalar sifati va miqdorini oshirish, jahonning yetakchi olimlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish maqsadida Ebscohost, Web of Science core collection, Pressreader, SpringerLink, EastView, JStor va Proquest kabi oʻquv bazalariga aʼzolik tashkil qilinadi.

A’zolik doirasida respublikaning barcha kutubxonalari va ularning o‘quvchilari EIFL xalqaro konsorsiumining litsenziyalash dasturi orqali qator xorijiy elektron resurslardan imtiyozli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Imzolangan memorandumga ko‘ra, universitet talabalari va xodimlari ushbu xorijiy bazalardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.