Tokio texnika institutiga qabul boshlandi. Dedlayn – 2021-yil 8-dekabr.
Tokio texnika instituti milliy tadqiqot instituti boʻlib, Yaponiyaning yirik davlat universitetlaridan biri hisoblanadi. Magistratura, PhD va Combined Masters & Doctoral Degree dasturlarida tadqiqot olib borish uchun stipendiya taqdim etadi.
Dastur quyidagilarni taklif etadi:
Nomzodlar kirish toʻlovlari, taʼlim olish xarajatlaridan ozod qilinadilar, shuningdek, Yaponiyaga borish va qaytish chiptalari toʻlab beriladi hamda har oy davomida magistratura talabalari uchun 147 ming yen, PhD dasturi talabalari uchun 148 ming yen miqdorida stipendiya taqdim etiladi.
Nomzodlar Tokyo Techʼning 15 fakultetiga oid ingliz tilidagi olti taʼlim dasturlaridan birini tanlashi va magistrlik yoki doktorlik unvoniga ega boʻlishlari mumkin.
Maʼruza va seminarlar ingliz tilida olib borilgani tufayli dasturlarda yapon tilini bilish talab etilmaydi. Bundan tashqari, Yaponiya hayotiga oson moslashib ketishi uchun talabalarga yapon tili darslariga muntazam ishtirok etish imkoniyati beriladi.
Aʼlo oʻzlashtirishga ega talabalar universitet tavsiyasiga koʻra Yaponiya taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnika vazirligi stipendiyasi (MEXT) uchun ariza topshirishlari mumkin.
Dastur haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.