Mashhur illyuzionistlar — aka-uka Safronovlar Toshkentda yangi shou dasturni taqdim etadi: «SUPER MAGIYA»


19—23-mart kunlari Toshkent haqiqiy mo‘jizalar shahriga aylanadi. Dunyoga mashhur aka-uka Safronovlar poytaxtda o‘zlarining yangi shou-dasturlarini taqdim etadi. Bayram kunlarini mazmunli va yorqin lahzalarga boy o’tkazishni istagan talabalar o’z do’stlari yoki oila a’zolari bilan tashrif buyurishlari mumkin!

Illyuzionistlar barcha tomoshabinlar ko’z oldida hech qanday xavfsizlik vositalaridan foydalanmay hayratlanarli, ishonish qiyin bo‘lgan chiqishlarni amalga oshirishadi.

Illyuzionist Safronovlar — 3 qondosh aka-uka. Ular nafaqat Rossiyada 1-raqamli ustalar sanaladi, balki butun dunyoda ushbu artistlarning millionlab muxlislari bor. Ularning shousida har qanday inson tomoshabin sifatida ishtirok etishni orzu qiladi.

Aka-ukalar «Wizard Trophy» xalqaro festivalida “Dunyodagi eng yaxshi katta illyuziya” sovrini va “Jahon illyuziya janriga qo‘shgan hissasi uchun” mukofotini qo‘lga kiritishgan. Mukofot har yili dunyoning eng yaxshi Illyuzionistlaкшga topshiriladi.

Qolaversa, aynan ularga “Dunyo bo‘yicha illyuzion shou doirasida bir vaqtning o‘zida eng ko‘p muallaq turganlar” jahon rekordini o‘rnatish nasib etgan. Aka-uka Safronovlar Yandeks.Afisha dasturida 10 dan 9,9 ball ko‘rsatkich bilan eng yuqori reytingga ega. Bularning barchasi ularni jahon ko‘zbog‘lovchilari ichra yetakchilardan ekanini ko‘rsatadi.

Tomoshabinlarni «arralash», «shishalar ustida yurish», «nayza sanchish» kabi tomoshalar kutmoqda. Ular qatorida «levitatsiya», «fikrni o‘qish», «teleportatsiya» bilan bog‘liq chiqishlar ham bor. Ko‘zni qamashtiruvchi maxsus effektlar va lazer-shou dasturni yanada hashamatli tomoshaga aylantiradi.

Ajoyib va yorqin lahzalarga boy shou-dasturi Navro‘z bayrami arafasida — 19, 20, 21, 22 va 23-mart kunlari Toshkentdagi A.Navoiy nomidagi kinochilar uyida bo‘lib o‘tadi.

Chiptalarni myticket.uz sayti yoki Kinochilar uyi kassalarida xarid qilishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun: +99895 169 87 87 raqamlariga qo’ng’iroq qiling.