Markaziy Osiyo rektorlari davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2022-yil 20-aprel kuni “Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi va universitetlarning uchinchi missiyasi” davra suhbati (Zoom formatida) boʻlib oʻtdi, unda mintaqada joylashgan oliygohlar rektorlari ishtirok etdilar.

Tadbirda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori M.Jalolov ham ishtirok etib, “Pandemiyadan keyingi davrda universitetlar transformatsiyasi” mavzusida ma’ruza qildi.