Markaziy Osiyo olimpiadasi aprel oyida boʻlib oʻtadi

Onlayn fransuz olimpiadasida Markaziy Osiyoda yashovchi 14 yoshdan oshgan barcha ishtirok etishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, tanlov uch bosqichdan iborat bo‘lib, ularning dastlabki ikkitasi yozma, uchinchisi esa hakamlar hay’ati qarshisida og‘zaki shaklida o‘tkaziladi. Har bir nominatsiya bo’yicha g’oliblar turli sovg’alar bilan taqdirlanadilar, xususan, fransuz tili kurslari, obuna sertifikatlari, kitoblar va yozgi amaliyot imkoniyatlari beriladi.

Eslatib o‘tamiz, olimpiadaning birinchi bosqichi 9-aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ishtirok etish istagidagi barcha 3-aprel soat 15:00ga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va ariza topshirishi mumkin.