“Marafon: oʻz startap gʻoyangizni yarating” boshlanadi

10–15-may kunlari Toshkentda Inkubatsiya markazlari ochilgan OTM talabalari uchun “Marafon: o‘z startap g‘oyangizni yarating” o‘tkaziladi.

Marafon doirasida talabalar qiziqarli spikerlar bilan treninglar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadilar. Har bir kun oxirida ishtirokchilarga topshiriqlar beriladi.

Barcha topshiriqlarni bajargan ishtirokchilar g‘oyalar tanlovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi va qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.

Gʻoyalar tanlovida ishtirok etish shartlari:

Kechki paytda oʻtkaziladigan barcha treninglarda (10-maydan 14-maygacha) faol ishtirok etish;
Barcha topshiriqlarni bajarish va 15-maygacha gʻoya taqdimotini tayyorlash;
Marafonning birinchi kunida 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoani tuzish, bunda aʼzolar turli oliygohlar talabalari boʻlishi kerak.

Treninglar rus tilida olib boriladi.

Marafonda ishtirok etish uchun arizalar 6-maygacha (soat 18:00gacha) qabul qilinadi.

Roʻyxatdan oʻtish: https://goo.su/vuDzz