Prezident qarori bilan Xalq ta’limi vazirligi 1-dekabrga qadar maktab direktori lavozimiga nomzodlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash amaliyotini joriy etadi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab ushbu lavozimga nomzodlar maxsus pullik dasturlar orqali jamoada ishlash ko‘nikmalari, ota-onalar bilan muloqot, menejment, moliyaviy hisob-kitoblar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilimlarni egallashi kerak.
Milliy tadqiqot instituti ta’lim tugagandan so‘ng ularning menejment sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini baholaydi va baholash natijalariga ko‘ra menejer sertifikatini beradi.