Maks Plank institutida yozgi stajirovka

Germaniyada kompyuter texnologiyalari sohasida stajirovka dasturi uchun qabul boshlandi. Dedlayn – 2021-yil 31-dekabr.

Maks Plank dasturiy tizimlar instituti barcha kompyuter fanlari boʻyicha tadqiqot stajirovkasini oʻtashni taklif etadi.

Stajorlar aspirant va oʻqituvchilar bilan hamkorlikda murakkab tadqiqot topshiriqlarini bajaradilar. Ilgʻor stajorlarning ishlari aksariyat hollarda hammualliflikda nashr etiladi yoki ular tomonidan yetakchi ilmiy konferensiyalarda namoyish etiladi.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

·  Oylik stipendiya;

·  Bepul turar joy;

·  Transport xarajatlarining qoplanishi.

Talablar:

·  Bakalavr, magistratura yoki aspirantura talabasi boʻlish;

·  Kompyuter fanlarida boshlangʻich bilimga ega boʻlish.

Dastur haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.