Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning ma’lum qilishicha, magistraturaga qabulda kelib tushgan 4332 ta arizaning 1282 tasi talab darajasida emas, ayrim hollarda esa soxta sertifikatlar ham yuklangan.
Shuningdek, Abduqodir Toshqulov aksariyat oliy ta’lim muassasalari tomonidan bakalavriat bosqichi bitiruvchilarining diplomlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish yakunlamaganini ham tanqid qilgan. Bu o‘z navbatida, magistraturaga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlarning asosli noroziliklarini keltirib chiqarayotgani qayd etilgan.