Magistraturada o’qish uchun yana bir imkoniyat

Joriy yildan boshlab magistraturaga kirish uchun B2, C1 darajalariga mos keladigan xalqaro yoki milliy sertifikat talab qilinadi.

Kira olmaganlar super-kontrakt to’lab o’qishlari mumkin, uning miqdori shartnomaning 1,5 barobaridan oshmasligi kerak.

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. O’qish istagini bildirganlar universitetning qabul komissiyasiga ariza topshirishlari kerak.