Latviya bilan sohalarni raqamlashtirish borasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Latviya Respublikasining mamlakatimizdagi favqulotda va muxtor elchisi Reynis Trokshini qabul qildi.

Muloqotda dastlab, mehmonga mamlakatimiz oliy va professional ta’lim tizimi, fan va innovatsiyani rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘zlab berildi.

Latviya elchisi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan sohalarni raqamlashtirish borasida hamkorlik qilish taklifini bildirdi.

Delegatsiya a’zolari tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalari asosida matnlarni bir tildan ikkinchi tilga avtomatik tarzda tarjima qilish, nutqni tanib olish va chat-botlarni ishlab chiqish sohalarida hamkorlik qilish taklifi bildirildi