Koreyaning Nextree kompaniyasi UIT talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi

2022-yilning 5-aprel kuni Janubiy Koreyaning Nextree kompaniyasi vakillari Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida kompaniyaning faoliyat yoʻnalishlari, ishga qabul qilish shart-sharoitlari haqida maʼlumot berilib, talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.

Nextree – bu PaaSʼda MSA mikroservislari arxitekturasi asosida bulutli ilovalarni ishlab chiqadigan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniya.