Koreyalik rektorlar Samarqandda bo‘lishdi

Samarqand davlat universitetida olib borilgan muzokaralarda tomonlar ilm-fan, taʼlim va innovatsiya sohalarida istiqbolli hamkorlik doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish kabi masalalarni muhokama qilishdi.

Muzokaralar yakunida Koreyaning Kangvon, Tongmyong universitetlari bilan professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma taʼlim dasturlari, koreys tilini o‘rganish kurslarini tashkil qilish, magistratura bosqichida qo‘shma taʼlim va yozgi maktab dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan memorandumlar imzolandi.

Shuningdek, Yonnam va Kukmin universitetlari bilan ilmiy loyihalarda hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli akademik sohalarda kadrlar almashinuvi hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.