Ko’p joylarda ta’til uzaytirildi

Buxoro, Andijon, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlarida, Qoraqalpog’iston Respublikasida hamda Toshkent shahrida maktablar va kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’til 22 yanvargacha uzaytirildi

O’qish 23-yanvar, dushanba kuni boshlanadi. Ushbu qaror sovuq ob-havo saqlanib qolganligi sababli qabul qilindi.