Kollej va texnikumlarga qabul boshlandi

2022-yil 11-avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

Ro‘yxatga olish 10-sentabrga qadar (10-sentabr kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 10-sentabrga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin.