Kollej va texnikumlarda toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

Professional taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchilarga qulay sharoitlar yaratish, mamlakatimiz yoshlarini kasb-hunar egallashlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ularning ota-onalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida hamda aholi toʻlov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, kollej va texnikumlarda 2022/2023-oʻquv yili uchun barcha bosqichdagi oʻquvchilarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati miqdorlari 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Ma’lumot uchun, joriy yil kollej va texnikumlarga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 15 815 nafar o‘quvchi davlat granti asosida qabul qilindi.

Shuningdek, professional taʼlim muassasalariga ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻquvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari belgilangan tartibda qabul parametrlaridan tashqari qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.