Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari eʼlon qilindi

Vazirlik natijalarni qanday aniqlash haqida ko’rsatma berib o’tdi

2021-2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ning kunduzgi taʼlim shakliga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

Kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalari bilan ruxsatnoma.dtm.uz sayti orqali tanishishlari mumkin.

Buning uchun ruxsatnoma.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.