DTM xabar berishicha, test sinovlari amaldagi davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejasiga muvofiq shakllantiriladi.
Agar test variantidagi savollar sonini 100% deb olsak, 15% oson, 70% oʻrtacha qiyinchilik darajasida, qolgan 15% esa qiyin darajada boʻladi.
Maxsus fanlar blokining 1- va 2- fanlaridan tashkil topgan testlar qiyinligi jihatidan bir-biridan farq qilmaydi. Ammo majburiy fanlar bloki: ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi bo‘yicha nazorat savollari mutaxassislik fanlariga qaraganda osonroq bo‘ladi.