Kelgusi yilda oliygohlar uchun imtiyozli ta’lim kreditlariga resurslar ko‘paytiriladi

«Kelgusi yilda oliygohlar uchun imtiyozli ta’lim kreditlariga resurslar 2 barobar ko‘paytirilib, 1,7 trillion so‘m ajratiladi.

Bu yil ilm-fan va innovasiyalarga 1,5 trillion so‘m yo‘naltirildi. Bu – 2017 yilga nisbatan qariyb 6 barobar ko‘p, degani.

Olimlarning ish haqi ham, 4,5 barobarga oshirildi.

Bularning hisobiga, nano- va bio-texnologiyalar, raqamli geologiya kabi 18 ta yangi ilmiy yo‘nalish tashkil etildi.

Kelasi yili ilm-fan va innovasiyalarga 1,8 trillion so‘m ajratiladi.

Endi, olimlarimiz suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish kabi bugungi kunda biz uchun dolzarb yo‘nalishlarda aniq natijalar ko‘rsatishlari kerak», — Shavkat Mirziyoyev.