«Kelajak kasblari» loyihasi imkoniyatlari qanday?

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan «Kelajak kasblari-2024» forumida loyihaning sarhisobiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.Unda qayd etilishicha,Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan  ushbu loyiha doirasida bugungi kungacha 20 ming nafardan ortiq yoshlar 35 ga yaqin yo‘nalish bo‘yicha zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarga o‘qitilib, ularga 50 milliard so‘mga yaqin miqdorida yordam ko‘rsatildi.  Shuningdek, Anjuman doirasida,500 dan ortiq yoshlar ishtirokida master-klasslar bo‘lib o‘tdi. O‘quv mashg‘ulotlarida mamlakatimizdagi eng kuchli IT kompaniyalari rahbarlari, mutaxassislar spiker sifatida ishtirok etdi. kelgusidagi rejalari va istiqbolli maqsadlar yuzasidan suhbatlashildi.   

Ma’lumot o’rnida aytib o’tamiz, bu loyiha orqali «Yoshlar daftari»ga kiritilgan, zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qish uchun ariza topshirgan, mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan tavsiya etilgan yoshlar maxsus elektron tizim orqali o‘zlariga qulay va ma’qul bo‘lgan o‘quv markazda o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Xorijiy tillar sertifikatini qo‘lga kiritgan 560 nafar yosh asosan, o‘quv markazlarida o‘qituvchi bo‘lib ishlamoqda va ularning o‘rtacha oylik daromadi 3-6 million so‘mni tashkil etadi.  

Shuningdek, arxitektura, dasturlash, dizayn, SMM, buxgalteriya, mobilografiya, logistika kabi boshqa yo‘nalishlarni jami 2 ming 11 nafar yosh yakunlab, 3-8 million so‘m miqdorda daromad topmoqda.