Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tomonidan «Huquqiy savodxonlik» tanlovi e’lon qilindi.

Tanlov joriy yilning 9-aprelidan 9-mayiga qadar onlayn tarzda o‘tkaziladi. Ishtirokchilarga har kuni 9 ta test savoli beriladi. Tanlov 3 bosqichda o‘tkazilib, har bir bosqich 9 kun davom etadi. Final bosqichida yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar g‘olib deb topiladi

G‘oliblar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadilar:
1-o‘rin – Noutbuk va I darajali diplom;
2-o‘rin – Planshet va II darajali diplom;
3-o‘rin – Smartfon va III darajali diplom.

Eng ko‘p ball to‘plagan 9 nafar ishtirokchi 3-bosqichda to‘plagan balliga qaramasdan, diplom va qimmatbaho sovg‘alar sohibiga aylanadi.
Tanlovda eng ko‘p ball to‘plagan 200 nafar ishtirokchi esa elektron sertifikat va kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.