Jurnalistika universitetida yangi yo’nalishlar ochildi

2022/2023-o‘quv yilidan boshlab Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida yangi yo’nalishlar ochildi. O‘tgan yilgiga nisbatan barcha ta’lim shakli kesimida yangi yo‘nalishlar qo‘shildi. Masalan, kunduzgi ta’lim shaklidagi yo‘nalishlarimizga bu yildan 7 ta yangi yo‘nalish qo‘shildi. Hozirda kunduzgi ta’limning o‘zida jami 17 ta yo‘nalishga mavjud. Bular quyidagilar:

  1. Mediadizayn
  2. Siyosatshunoslik
  3. Xalqaro munosabatlar
  4. Psixologiya
  5. Sotsiologiya
  6. Bosma OAV jurnalistikasi
  7. Teleradio jurnalistikasi
  8. Internet jurnalistikasi
  9. Xalqaro jurnalistika
  10. Sport jurnalistikasi
  11. Harbiy jurnalistika
  12. San’at jurnalistikasi
  13. Sayohat jurnalistikasi
  14. Iqtisodiy jurnalistika
  15. Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar
  16. Menejment (mediamenejment)
  17. Mediamarketing va reklama

Sirtqi ta’limda ham qabul kvotalari bilan birga ta’lim yo‘nalishlari soni ham bu yildan keskin oshirildi. Masalan, o‘tgan yili bor yo‘g‘i 6 ta yo‘nalish mavjud edi. Bu yildan boshlab yana 8 ta yangi yo‘nalish qo‘shilib, jami 14 ta yo‘nalish bo‘ldi. Bular quyidagilar:

  1. Psixologiya
  2. Sotsiologiya
  3. Bosma OAV jurnalistikasi
  4. Teleradio jurnalistikasi
  5. Internet jurnalistikasi
  6. Xalqaro jurnalistika
  7. Sport jurnalistikasi
  8. Harbiy jurnalistika
  9. San’at jurnalistikasi
  10. Sayohat jurnalistikasi
  11. Iqtisodiy jurnalistika
  12. Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar
  13. Menejment (mediamenejment)
  14. Mediamarketing va reklama

Kechki ta’limda ham bu yildan sezilarli o‘zgarishlar bor. Masalan, o‘tgan yili bor yo‘g‘i 6 ta yo‘nalish mavjud edi. Bu yildan boshlab yana 8 ta yangi yo‘nalish ochildi. Bular quyidagilar:

  1. Bosma OAV jurnalistikasi
  2. Teleradio jurnalistikasi
  3. Internet jurnalistikasi
  4. Xalqaro jurnalistika
  5. Sport jurnalistikasi
  6. Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar
  7. Mediadizayn