Jurnalistika universiteti endi Oson ilovasida mavjud

Endilikda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining barcha talabalari Oson mobil ilovasi orqali kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, universitet xizmatlari uchun to‘lovni ariza orqali amalga oshirayotganda talabalar ham hujjatlar, shartnomalar, imzolar va muhrlar ko‘rinishidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishlari shart bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shartnoma bo‘yicha to‘lovlar uchun Payme mobil ilovasi ham mavjud edi.