2022-yilning 6-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Job Fest 2022” har yili oʻtkaziladigan mehnat yarmarkasi tashkil etiladi. Tadbirda IT yo‘nalishidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.
“Job Fest 2022” doirasida boʻsh ish o‘rinlari yarmarkasi bilan birga amaliy seminarlar ham o‘z oʻtkaziladi:
- Pavel Lebedev (Itransition kompaniyasi) “Texnik intervyudan qanday oʻtish kerak” mavzusida seminar oʻtkazadi va Itransitionʼda talabalar uchun karyera imkoniyatlari haqida maʼlumot beradi, savollarga javob berib, ishtirokchilarni bir nechta tezkor intervyulardan oʻtkazadi.
Master-klassga ro‘yxatdan o‘tish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: https://forms.gle/YMFMXrN8tQoDkMjHA
- Ruslan Salixov DevOps (Epam Systems) — “DevOps”
Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/yaHdStJ7MxpKvAFZA
- Javdat Xabibulin (Huawei’da Wireless Network Design Engineer) – “Road to Mobile 2030”.
Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/HRbo9NAeWDCWrDdf7
- Javlon Nurmatov (Huaweiʼda IT & Cloud product manager) – “Building Data Infrastructure for the Intelligent World”.
Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/GACkeJyu3vYLBggX9