«Filialning O’zbekistonda ochilishi ramziy ma’noga ega. Biz so’nggi yillarda doimiy ravishda mustahkamlanib borayotgan ko’p yillik samarali hamkorlik an’analari bilan bog’liqmiz. Ushbu filial tufayli yoshlar o’z mamlakatlaridan tashqariga chiqmasdan, ajoyib sharoitlarda va turli xil ta’lim yo’nalishlarida yuqori sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’ladilar», – dedi Tatariston rahbari Rustam Minnixanov ochilish marosimida.
Filialda o’quv jarayoni 31 oktyabrdan boshlanadi. Birinchi kursga 300 talaba, ikkinchi kursga – 59 talaba qabul qilinadi.
Hammasi bo’lib Rossiya universitetlarida, shu jumladan ularning xorijiy filiallarida 53 ming O’zbekiston fuqarosi tahsil oladi.