JIDU’da Amerika Fletcher maktabi magistrantlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) 16 may kuni Amerikaning eng qadimgi xalqaro munosabatlar maktablaridan biri – Massachusets shtatining Medford shahridagi Tufts universiteti qoshidagi Fletcher maktabi o’qituvchilari va magistrantlari guruhi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev yosh amerikalik tadqiqotchilarga O’zbekistonda so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar haqida so’zlab berdi. U O’zbekistonning hozirgi bosqichdagi pragmatik va proaktiv tashqi siyosatini alohida ta’kidlab o’tdi, bu respublikaning qisqa vaqt ichida dunyo mamlakatlari va ko’p tomonlama tuzilmalar bilan sheriklik darajasini oshirishga, uni o’ziga xos amaliy mazmun bilan to’ldirishga imkon berdi.

Suhbat davomida JIDU va Fletcher School o’rtasidagi ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohalaridagi hamkorlik istiqbollari ko’rib chiqildi.