Universitet talabasi Meksika orqali AQSHga bir fuqaroni 20 ming dollar evaziga ishga yubormoqchi bo’ldi

Toshkent shahridagi Jahon tillari universiteti talabasi B.J. va uning hamtovoqlari E.N.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 20 ming AQSH dollari evaziga Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishini va’da qilib, shundan 3 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.