Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yangi “Executive Education” (“Rahbarlar uchun ta’lim”) fakultetining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov ishtirok etdi va nutq soʻzladi.
Yangi fakultet faoliyatining asosiy yo‘nalishi menejerlar va mutaxassislarni boshqaruv va biznes yuritishning zamonaviy usullariga o‘rgatish, raqobatbardoshlikni oshirish, jahon savdo va investitsiya faoliyatining zamonaviy tendensiyalari bilan tanishish, iqtisodiyotning turli tarmoqlariga eng yangi texnologiyalarni joriy etish tajribasi bilan tanishtirishdan iborat.