Jahon bankida ish haqi toʻlanadigan stajirovka

AQSHda stajirovka uchun qabul boshlandi. Dedlayn – 2022-yil 31-dekabr.

Ushbu dastur yordamida shijoatli talabalar turli sharoitlarda oʻz koʻnikmalarini rivojlantirishlari mumkin. Stajirovkani asosan quyidagi yoʻnalishlarda oʻtash mumkin: 

• iqtisodiyot;

• moliya;

• rivojlanish (sogʻliqni saqlash, taʼlim, oziq-ovqat, aholi;

• ijtimoiy fanlar (antropologiya, sotsiologiya);

• qishloq xoʻjaligi; 

• atrof-muhit; 

• xususiy sektorni rivojlantirish.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

Bank stajorlarga soatbay ish haqi toʻlaydi va yoʻl xarajatlarini qoplaydi. Stajorlar yashash uchun joyni oʻzlari izlashi kerak. Stajirovkani, asosan, Vashingtonda yoki AQSHning boshqa shtatlaridagi ofislarida oʻtashlari mumkin. Stajirovkaning minimal muddati 4 oyni tashkil etadi.

Talablar:

• nomzodlar bakalavr darajasiga ega va magistratura yoki aspirantura dasturlarida oʻqiyotgan boʻlishi va stajirovkadan soʻng oʻqishni davom ettirishi lozim;

• ingliz tilini bilishi lozim;

• ish tajribasiga, kompyuterda ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi va fransuz, ispan, rus, arab, portugal yoki xitoy tilini bilishi qarshilanadi.

Stajirovka haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.