IST yillik ilmiy stajirovkalari

Yevropada strajirovka dasturi uchun qabul boshlandi. Dedlayn belgilanmagan.

Barcha mamlakatlardan boʻlgan talabalar ilmiy stajor sifatida Avstriya fan va texnologiya instituti (IST Austria) dasturiga topshirishlari mumkin. Stajorovka davomiyligi 1 yilni tashkil etadi.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

• 1086 yevrodan kam boʻlmagan oylik ish haqi; 

• Tibbiy sugʻurta; 

• Zamonaviy muhitda xalqaro miqyosdagi supervayzer boʻlish imkoniyati; 

• Stajorlar koʻplab ijtimoiy imtiyozlar va xodimlar uchun imtiyozlarga ega boʻladi, xususan, til kurslari, sport va dam olish xarajatlari, IST Austria Shuttle avtobusidan bepul foydalanish, kafeteriyadan foydalanish va bolalar uchun enaga (agar mavjud boʻlsa).

Talablar:

 • Tabiiy yoki kompyuter fanlari, matematika yoki u bilan aloqador istalgan yoʻnalishda bakalavr yoki magistratura talabasi, bakalavr yoki magistratura bitiruvchisi:

• Ingliz tilini a’lo darajada bilish;

• Nomzod ariza topshirayotgan tadqiqot mavzusiga qiziqish.

IST ilmiy stajirovkasi uchun arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Dastur toʻgʻrisida batafsil bu yerda ma’lumot olish mumkin.