O‘zbekistonda talabalar tez-tez ish qidira boshladilar. Bu haqda hh.uz tahlilchilar xabar bermoqda.
Tahlilchilarning fikricha, ish qidirayotgan talabalarning yoshi 18 yoshdan 22 yoshgacha. O‘tgan yilga nisbatan 2022-yilda ishlash istagida bo‘lgan talabalar soni ikki baravar ko‘p.
Ish qidirayotgan fuqarolarning 29 foizi talabalardir. Talabalar olmoqchi bo‘lgan o‘rtacha ish haqi 2,9 million so‘mni tashkil etadi. Ko’pincha talabalar savdo yordamchisi sifatida ishga joylashadilar.