«Iqlim oʻzgarishi» mavzusida plakatlar tanlovi

«Iqlim oʻzgarishi» mavzusida plakatlar xalqaro tanlovi eʼlon qilindi. Dedlayn – 2021-yil 31-dekabr. 

Barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun ingliz tilida onlayn forma toʻldirish va tanlov saytiga ishlarni yuborish lozim.

Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq, jumladan, qoʻrqinchli ogohlantirishlar va qandaydir harakat uchun ruhlantiruvchi daʼvatlar mavzusiga bagʻishlangan plakatlar tanlovga qabul qilinadi.

50 nafar gʻolib 100 dollar hamda ularning plakarti va biografiyasi nashr etilgan Posters for the Planet kitobi nusxasi bilan taqdirlanadi. 

Tashkilotchilar – Princeton Architectural Press. 

Tanlov toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.