Internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi axborot sifatini oshirish bo‘yicha marafon boshlandi

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida Butunjahon Internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi ma’lumotlar sifatini oshirish va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida WikiScholarship marafonini boshladi.

Marafon 2022-yil 20-may kuni soat 00:00 (GMT+5) dan 20-dekabr kuni soat 00:00 (GMT+5) gacha davom etadi.
Eng faol ishtirokchilar bir martalik stipendiya oladilar:

1 o’rin 50 000 000 soʻm
2 o’rin 40 000 000 soʻm
3 o’rin 30 000 000 soʻm

Kuchli beshtalik – 20 000 000 soʻm

Kuchli oʻntalik – 10 000 000 soʻm.

Marafonda ishtirok etish uchun @Wikistipendiya_botʼda roʻyxatdan oʻtish lozim, batafsil maʼlumot uchun: @wikistipendiya. Vikipediyada maqola yaratish va tahrirlash boʻyicha barcha savollarga @uzwikichat guruhida javob olishingiz mumkin.