“International forum” anjumani bo’lib o’tdi

Joriy yilning 14-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Parrandachilik:innovatsion texnologiyalar» ikkinchi xalqaro forum bo’lib o’tdi.

Ko’rgazmada qishloq xo’jaligi, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, pillachilik, asalarichilik kabi yo’nalishlarda joriy qilingan va kelgusida tatbiq qilinadigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar keng namoyish qilindi.

Mazkur anjumanda iqtidorli talabalar, tayanch doktorantlar hamda ilmiy loyihalar g’oliblari faol ishtirok etishdi.