Inha universiteti ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillari va barcha qiziqish bildirgan shaxslarni 2022-yil 23—24-aprel kunlari soat 9:00da A binosida bo‘lib o‘tadigan kirish imtihonlarini kuzatishga taklif qiladi.
Kirish imtihonlari davomida to‘liq shaffoflikni ta’minlash maqsadida universitet rahbariyati kirish imtihonlariga jurnalistlarni taklif qilishga qaror qildi.
Barcha qiziqish bildirgan jurnalistlar, blogerlar va OAV vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirish imtihonlarida shaxsan ishtirok etishlari, shuningdek, 2022—2023-o‘quv yili uchun qabul ma’lumotlarini olishlari mumkin.