Inha universitetida Korea BPO CENTER ochildi

27-may kuni Korea BPO CENTER ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga tashrifi chog‘ida erishilgan o‘zaro manfaatli hamkorlik, IT-ta’limni rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Korea BPO CENTERʼda 5 ta kompaniya namoyish etilgan boʻlib, birinchi bosqichda 15-20ga yaqin talaba ish bilan ta’minlanadi. Kelgusida mazkur korxonalar markaz faoliyatini yanada kengaytiradi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov bugungi kunda Koreya bilan ikki tomonlama hamkorlik keng yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.

Markazda saralangan yoshlarni ish bilan ta’minlash, O‘zbekistonda autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish, yoshlarga yuqori maoshli bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etish ko‘zda tutilgan.