Inha universiteti vakillari turli yoʻnalishlar abituriyentlari bilan uchrashdi

Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari yoshlari uchun axborot texnologiyalari mavzusida taqdimotlar tashkil etildi.

Maktab bitiruvchilari bilan uchrashuvlarda Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari qabul jarayoni, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayoni haqida ma’lumot berdi.