Immanuel Kant tadqiqot stipendiyasi

Germaniyada gumanitar fanlar sohasida tadqiqot olib borish uchun stipendiya e’lon qilindi. Dedlayn — 2021-yil 31-dekabr.

Immanuel Kant stipendiyasi Germaniya madaniyat vazirligi tomonidan Germaniya universitetlari va ilmiy markazlarida gumanitar, ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy fanlar boʻyicha tadqiqotlar olib borishga yoʻnaltirilgan.

Tarix, siyosat, Yevropa etnologiyasi va folklor, san’at tarixi, til va adabiyot tarixi, migratsiya va ijtimoiy fanlar yuzasidan tadqiqotlarga bagʻishlangan loyihalar qarshilanadi.

Dastur quyidagilarni taklif qiladi: 

2 yil davomida har oyda 1 550 yevro stipendiya toʻlanadi. Tadqiqot bilan bogʻliq xizmat safarlari xarajatlari qoplanadi. Turmush oʻrtoqlari va farzandlar uchun qoʻshimcha mablagʻ taqdim etiladi.

Talablar: 

• Mutaxassis yoki magistr diplomiga ega boʻlish;

• Germaniya oliygohlaridan biriga PhD dasturi uchun hujjat topshirish.

Dastur haqida batafsil ma’lumotni bu yerda olish mumkin.