Kecha 12:00da ochilish marosimi, 18:30 da yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Dastur doirasida 2 sessiya va trening oʻtkazildi.
18-noyabr kuni 12:00 da Ikkinchi Rossiya-Oʻzbekiston media-forumining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistonlik ishtirokchilar «Media-holl»dan, rossiyalik ishtirokchilar esa «Rossiya bugun» XMG press-markazi «Shishali zal»idan qatnashdilar. Tadbir ishtirokchilari B.M. Cherkesov, A.A. Xodjaev, P.R. Fedorova, A.D. Xadjaev, D.K. Kiseleva, Sh.T. Qudratxo‘ja, M.S. Guzman, F.F. Abduxoliqov, O.Yu. Buryak va A.A. Blagodirenkolar boʻldi. Tashkilotchilarning kirish nutqidan soʻng 13:00da media-forum dasturi boshlandi.
Tadbir dasturi ikki sessiyadan iborat boʻlib, birinchi sessiya kadrlarni tayyorlashga bagʻishlangan va unda quyidagi mavzularda nutq soʻzlandi:
• «OAVni raqamlashtirish sharoitida jurnalistika ta’limi: kasbiy kompetensiyalar va qadriyatlar»(E.L.Vartanova, dekan, RMJ muxbir a’zosi, M.V.Lomonosov nomidagi MDU Jurnalistika fakulteti professori);
• «Jurnalistika, ommaviy kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlashga zamonaviy yondashuvlar» (Sh.T.Qudratxo‘ja, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori);
• «RTning O‘zbekiston OAVlari bilan kontent almashinuvi va RT bazasida stajirovka o‘tash bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflari» (I.K.Jarova, RUPTLY video-agentligi hududiy teleradiokompaniyalar bilan ishlash bo‘yicha xizmati rahbari o‘rinbosari);
• «O‘zbekiston va Rossiya: OAV va kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik» (F.F.Abduxoliqov, EOAVMA raisi);
• «Yolgʻon yoki ishonchsiz maʼlumotlarning tarqalishiga qarshi kurash masalasi» (M.S. Guzman, TASS);
• «Televizion kommunikatsiyalar orqali O‘zbekiston va Rossiyaning samarali imidjini shakllantirish»(N.A. To‘laganov, MTRK “Dunyo bo‘ylab” telekanali direktori);
• «O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida jurnalistlar malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari»(O‘.A. Usarov, JIU raisi).
Shuningdek, tadbir davomida «Yangi axborot texnologiyalarining zamonaviy jurnalistika va OAV rivojiga ta’siri. Jurnalistika, ommaviy kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlashga zamonaviy yondashuvlar» mavzusida trening ham tashkil etildi. «Rossiya bugun” XMG maslahatchisi O.Dmitriev, «Mediapark Janubiy mintaqa» fondi vakillari G.V. Kudinov va O.V. Tixinia nutq soʻzlashdi.
Ikkinchi sessiya kontent almashinuviga bagʻishlandi va unda quyidagi mavzularda nutq soʻzlandi:
• «O‘zbekiston axborot agentliklari bilan kontent-hamkorlik imkoniyatlari toʻgʻrisida «Rossiya gazetasi» maʼlumotlari» («Rossiya gazetasi» tahririyati Federal davlat byudjet muassasasi filiallari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i E.V. Chagina);
• «Rossiya telekanallarining litsenziyalangan versiyalarini Oʻzbekiston hududiga yetkazish va Oʻzbekiston Respublikasining sunʼiy yoʻldosh televideniyesi milliy operatorini tashkil etish maqsadida «Kosmik aloqa» davlat korxonasining orbital orbital toʻplami va yer usti infratuzilmasi sunʼiy yoʻldosh resursidan foydalanish» (A.Y. Vdovin, «Kosmik aloqa» FDUK biznesni rivojlantirish xizmati rahbari);
• «Kontent tayyorlash va mahalliylashtirish uchun bulutli platforma» (M.V. Kalanchekayev, «OKNO TV» MChJ Tizimli loyihalar direksiyasi direktori);
• «Rossiya-O‘zbekiston teletexnologiyalari sohasida OOT – amaliyot va istiqbollar» («SPB TV» kompaniyasining tashqi aloqalar bo‘yicha direktori D.V. Perepeletsin);
• «Ishlab chiqarish va distributsiya sohasida hamkorlik» (animatsion filmlar uyushmasi prezidenti I.Mastusova, «Soyuzmultfilm» FDUK XMG direktori B.Mashkovtsev);
• «Aqlli avtobus Aqlvoy» loyihasi» (O.Y.Roy, «Great Frame» MChJ bosh prodyuseri);
• «O‘zaro kontent almashinuvi maqsadida Rutube videoxostingidan foydalanish» (Rutube videoxizmati bosh prodyuseri D.R. Kocharov).
Yopilish marosimi 18:00da tashkilotchilarning yakunlov so‘zlari bilan bo‘lib o‘tdi.