Ijodiy imtihonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda nazorat qilinadi

1-10-avgust kunlari 46 ta OTMda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tadi.

2022/2023-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun ijodiy imtihonlarni yanada shaffof, ochiq va adolatli o‘tkazish maqsadida jarayonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli kuzatish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, ilk bor imtihon bo‘ladigan bino va maydonlarda o‘rganishlar olib borish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi.