Ijodiy imtihon qanday baholanadi?

Chet tili bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonni topshirgan abituriyentlarga oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari chog‘ida chet tili bo‘yicha belgilangan eng yuqori balldan foiz sifatida tabaqalashtirilgan (proporsional) ball qo‘yiladi.

Ijodiy imtihonning maksimal balli – 120 ball. Maksimal test balli – 93 ballga tog‘ri keladi. Ya’ni, 120 ball olsangiz, 93 deb hisoblang.

Agar siz 120 balldan 80 ball to’plagan bo’lsangiz, u holda 93 balldan 62 ball olasiz.